Fransiyada 76-Xalqaro Kann kino festivali amaliy uchrashuv, suhbat va taqdimotlarga boy oʻtmoqda.
Shuningdek, mazkur festival doirasidagi koʻrgazmalar imkoniyatlar namoyishiga yoʻl ochmoqda.
Jumladan, fransiyalik taniqli rejissyor, Kann xalqaro kinofestivalining ikki karra sovrindori Frederik Obyurten bilan Oʻzbekistonda badiiy filʼmni tasvirga olish uchun qiziqarli lokatsiyalar, Toshkent xalqaro kinofestivali, yosh kinoijodkorlar uchun master-klass va kreativ vorkshoplar toʻgʻrisida suhbatlashildi.
“Oʻzbekistonning boy madaniy tarixi, oshxonasi haqida maʼlumotim bor edi. Bugungi muloqotlarda kino sohasidagi hamkorlik uchun ham juda yaxshi imkoniyatlar bor ekaniga amin boʻldim. Kelajakdagi hamkorlik masalasida maʼlum fikrlar mushtarak nuqtani topdi, deb oʻylayman”, dedi u.