Qayd etilishicha, Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 06:27 da Navoiyga qoʻndi. Anʼanaga koʻra, yuk tashuvchi samolyot suv arkasi bilan tantanali ravishda kutib olindi.
Chjenchjoudan Parijga muntazam reyslar Navoiyda texnik toʻxtash bilan haftasiga 5-marta Airbus A350 yuk tashuvchi samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
"CMA CGM Air Cargo" shtab-kvartirasi Parijda joylashgan yirik fransuz yuk aviakompaniyasi, 2021-yilda "CMA CGM" transport guruhining aviatsiya shubasi sifatida yaratilgan.