Vaksina laboratoriya tadqiqotlari va klinik sinovlardan muvaffaqiyatli o'tgani bois ekpertizaga ruxsat berildi.

O'tkazilgan testlar vaksina COVID-19ga qarshi antitanachalar ishlab chiqarishi mumkinligini ko'rsatdi.

Kelajakda Evropa dori vositalari agentligi vaksinaning samaradorlik, xavfsizlik va sifat bo'yicha odatiy Evropa Ittifoqi standartlariga muvofiqligini baholaydi.

Eslatib o'tamiz, endilikda Pfizer-BioNTech, Johnson & Johnson, Moderna va Oxford–AstraZeneca kompaniyalarining dori vositalari Evropa Ittifoqida sertifikatlangan hisoblanadi.

Valneva — shtab-kvartirasi Sen-Erblenda joylashgan fransuz biotexnologiya kompaniyasi bo'lib, kimyoviy yo'l bilan tirik virusdan tayyorlangan vaksina ishlab chiqaradi. Vaksina ishlab chiqarishning bu an'anaviy texnologiyasi 60 yildan oshiqroq vaqtdan buyon qo'llanilmoqda. Kompaniyaning Shotlandiya, Shvetsiya, Avstriyada ishlab chiqarish maydonchalari, Fransiya, Kanada va AQSHda boshqa ofislari mavjud.