Fransiyaning fransuz tili darsliklari Oʻzbekiston maktablariga joriy qilinishi mumkin

    Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilari va Fransiyaning eng yetakchi Hachette Livre nashriyoti vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda fransuz tili darsliklarini O‘zbekiston maktablarida joriy qilish masalasi muhokama etildi.

    Xalq ta’limi vazirligi mutasaddilarining Fransiyaga tashrifi chog‘ida amalga oshirilgan muhokamalar jarayonida 2023-2024 o‘quv yilidan eng yaxshi darsliklarni O‘zbekistonga moslashtirilishi, bundan tashqari ushbu darsliklar bo‘yicha barcha fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish, Fransiyaning yetakchi tashkilotlari metodikalari asosida yil davomida o‘qituvchilarni ushbu yangi darsliklar asosida o‘qitib berish yuzasфidan muzokaralar olib borildi.

    Shu o‘rinda eslatib o‘tamiz, yangi 2022-2023 o‘quv yilida Germaniyaning “Klett” nashriyoti bilan nemis tili darsliklari, “Kembrij press” nashriyoti bilan esa ingliz tilidagi darsliklar joriy qilinmoqda.