Parij jinoyat ishlari boʻyicha sudi uni passiv korrupsiya va noqonuniy kampaniya moliyalashtirish ayblovlaridan oqladi. Biroq Sarkozi €100 ming jarima toʻlaydi va apellyatsiya bersa ham jazoni oʻtashini boshlashi kerak boʻladi.

Ayblovchi tomonga koʻra, Sarkozi 2007-yilgi saylov kampaniyasi uchun Qazzofiydan mablagʻ olgan va evaziga uning xalqaro obroʻsini yaxshilashga vaʼda qilgan. Sud Sarkozining toʻgʻridan-toʻgʻri mablagʻdan foyda koʻrgani haqida yetarli dalil topmadi.

Sarkozi hukmni siyosiy deb baholab, “agar meni qamoqqa yotqizishsa, boshim baland holda yotaman”, dedi.

U 2012-yildan buyon bir nechta jinoiy ishlarda aybdor deb topilgan boʻlib, bu galgi hukm Fransiya tarixida ilk bor sobiq prezidentning qamoq jazosiga hukm qilinishi hisoblanadi.