Uchrashuvda “Oʻzbekneftgaz” AJ vakillari tomonidan jamiyatning umumiy faoliyati, aksiyadorlik jamiyati tomonidan amalga oshrilayotgan transformatsiya jarayonlari, investitsiya loyihalar va istiqbolli loyihalar haqida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.
Shuningdek, “Shoʻrtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish” investitsion loyihasi muhokama qilindi va amalga oshirish jarayoni haqida qisqa tafsilotlar bilan oʻrtoqlashildi.
Uchrashuv doirasida “Oʻzbekneftgaz” AJning istiqbolli loyihalaridan hisoblangan – “Alkilbenzol hom ashyosini ishlab chiqarish (LAB)” va “Buten-1 va Geksen-1 ishlab chiqarish” loyihalarini moliyalashtirishni tashkil qilish masalalari muhokama qilindi. G. Olivye Boshqaruv raisi Mehriddin Abdullayev boshchiligidagi delegatsiyaning Londonga tashrifi chogʻida “Sredit Agricole” banki bilan uchrashuvi samarali kechganligi va buning natijasida bank tomonidan “Oʻzbekneftgaz” AJ faoliyatiga boʻlgan qizikish ortganligini eʼtirof etdi.
Uchrashuv yakunida tomonlar samarali va oʻzaro manfaatli munosabatlar davom etishiga umid bildirishdi, deya xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati.