Bu haqda vazir oʻzining Telegram kanalida maʼlum qildi.
Xabarda Saidov Oʻzbekiston va Fransiya oʻrtasidagi mustahkam tarixiy zamin va boy anʼanalarga ega munosabatlar soʻnggi yillarda yuqori surʼatlar bilan rivojlanib, strategik sheriklik darajasiga koʻtarilganini qayd etdi.
“Bugungi kunda hamkorlik iqtisodiyotdan tortib madaniyatgacha boʻlgan barcha sohalarni qamrab olmoqda. Shu bilan birga, mavjud salohiyat yanada keng boʻlib, uni toʻliq roʻyobga chiqarish uchun diplomatlarimizning hamkorlikdagi saʼy-harakatlari muhim ahamiyat kasb etadi”, deb yozgan Baxtiyor Saidov.
Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Ualid Fukning Oʻzbekistondagi faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar va samarali mehnat tilagan.








