Qoʻqon davlat pedagogika institutining oʻqishga kiritish bilan bogʻliq firibgarlik holatlari aniqlandi.

Qayd etilishicha, Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Beshariq tumani boʻlimlari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan. Tadbir davomida fuqaro D. X. fuqaro M.ni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari yordamida 1 000 dollar evaziga Qoʻqon davlat pedagogika institutining psixologiya fakultetiga oʻqishga kiritib qoʻyishni vaʼda qilib, oldindan 500 dollarni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.