Fuqaro aksiz markasi bo'lmagan tamaki mahsulotlarini chegaradan olib o'tayotganda ushlandi

    Yuklari orasidan umumiy qiymati 18 900 000 so'mlik 540 quti “Parlament” nomli tamaki mahsulotlari topildi.

    Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “G'ishtko'prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan fuqaroning yuklari bojxona nazoratidan o'tkazildi. Jarayonda umumiy qiymati 18 900 000 so'mlik 540 quti “Parlament” nomli tamaki mahsulotlari borligi aniqlandi.

    Mazkur tamaki mahsulotlari yo'lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko'rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan, O'zbekiston Respublikasi aksiz markalari bilan markalanmagani og'zaki so'rovda ma'lum qilinmagan. Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda

    Ma'lumot uchun, amaldagi tartiblarga muvofiq jismoniy shaxslar O'zbekiston hududiga 10 quti miqdoridagi tamaki mahsulotlarini bojsiz olib kirishlari mumkin.