Fuqaro arzon ijara uy olaman deb firibgarning tuzogʻiga tushdi

    Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tugʻilgan, vaqtincha Toshkent shahri Yangihayot tumanida istiqomat qiluvchi 1996-y.t., M.B. tuman IIO FMBga ariza bilan murojaat qildi.

    Gap shundaki, “olx.uz” platformasida oʻzini “Javoxir” deb tanishtirgan yigit unga arzon narxlarda xonadon ijarasini vaʼda qiladi. Ijaraga beriladigan xonadon uchun oldindan 1.500.000 soʻm pullarni uning bank kartasiga oʻtkazib berishni soʻraydi.

    Shundan soʻng “Javoxir” platformadan butunlay gʻoyib boʻlganligini bildirib, firibgarga nisbatan qonuniy chora koʻrishlikni soʻragan.

    Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, firibgarlik yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirgan shaxs muqaddam JKning 276-moddasi bilan sudlangan Toshkent shahri Sergeli tumanida yashovchi 1995-y.t., X.A. ekanligi aniqlangan.

    X.A.ga nisbatan OʻzR. JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.