Mirzo Ulugʻbek tumanidagi koʻp qavatli uylarning birida gaz chaqnashi sodir boʻlgani haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mazkur hodisa yuzasidan qoʻshimcha maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, bugun, Toshkent shahar FVB maʼlumotiga koʻra, yongʻin soat 16:07 da toʻliq bartaraf etildi. Tezkor choralar natijasida 6 kishi qutqarildi. Voqea oqibatida bir necha kishi, jumladan ikki nafar bola jarohat oldi. Afsuski, bir bola shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etdi, ikkinchisi shifokorlar nazorati ostida. Barcha jabrlanganlar tez tibbiy yordam xodimlariga topshirildi.

Hozirda voqea joyida turar-joy binosining hayot faoliyatini tiklash ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisaga xonadonda yashovchilardan birining oʻz joniga qasd qilishga urinishi sabab boʻlgan. Fuqaro gaz plitasini ataylab yoqqan, soʻngra gaz-havo aralashmasi chaqnashi va yongʻin sodir boʻlgan. Shundan keyin u oʻzini 9-qavat derazasidan tashlab, halok boʻlgan.