Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbirda Davlat kadastrlari palatasining Kogon tumani filiali muhandisi F.X. va tuman hokimligi bosh mutaxassisi S.R.lar fuqaro A.ning ishonchiga kirib pora berishga dalolat qilib, unga zaxiradagi yer maydonidan 50 gektarini ajratib berish evaziga 600 AQSH dollari va 1,5 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, prokuraturaga yuborilgan.