Unga ko'ra Qarshi shahar Paxtakor Mitti tumani 44 uyda joylashgan “Nurobod sevinch” xususiy uy-joy mulkdorlar shirkati faoliyatidan norozi ekanligi, shirkat va fuqarolar o'rtasida talab va majburiyatlar aks etgan hech qanday shartnoma imzolanmaganligi bayon etilgan. Fuqaro Jabborov B. Kommunal to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirib kelgan.

Ammo shirkat vakolatidagi vazifalarga sovuqqonlik bilan qaragan, oqibatda fuqaro  xonadonining tomidan suv tomib o'tib, uyiga  zarar etkazgan. Zararning umumiy summasi 5.916.052 (besh million to'qqiz yuz o'n olti ming ellik ikki) so'mni tashkil etib, shirkat ushbu zararni qoplab berishdan bosh tortgan.

Natijada O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Qarshi shahar jamiyati fuqaro Jabborov B.ning ishi yuzasidan Fuqarolar ishi bo'yicha Qarshi tumanlararo sudiga davo arizasi bilan murajaat etdi. Sudning hal qiluv qarori bilan joriy yilning 25 may kuni fuqaroning iste'molchi sifatidagi huquqlari himoya qilinib, uning davosi qanoatlantirilda  va 5.916.052 (besh million to'qqiz yuz o'n olti ming ellik ikki) so'm moddiy zarar undirib berildi.  

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini
 himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 
 axborot xizmati