Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Angor tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “Vatanparvar” tashkiloti Angor tumani Oʻquv sport texnika klubi kadrlar boʻyicha inspektori S.M. fuqaro A.ga “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasini 1 oy muddatda oʻquv mashgʻulotlariga qatnashmasdan imtihonlarni ijobiy hal qilib olib berish evaziga 1,9 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida ixtiyoriy ravishda qaytargan 1 mln soʻmi ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.