Ushbu murojaatlarning 17.473 tasini ariza, 15.054 tasini shikoyat, 87 tasini takliflar tashkil etgan. Mazkur murojaatlarning 15.140 tasi qanoatlantirilgan va fuqarolarning buzilgan huquqlari tiklangan, 9.890 tasi yuzasidan tushuntirish berilgan, 131 tasi esa rad etilgan.

Murojaatlar sohalar kesimida tahlil qilinganda maʼlum boʻlishicha, mehnat nizolariga oid murojaatlar 4.793 tani tashkil etib, shundan 3.092 tasi ish haqi masalasida, ijtimoiy himoyaga oid murojaatlar 1.517 ta, uy-joy masalasidagi murojaatlar 818 ta, yerga doir qonun hujjatlariga oid murojaatlar 795 ta va davlat xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq murojaatlar 469 tani tashkil etgan.

Bundan tashqari Adliya vazirining 2018-yildagi tegishli buyrugʻi bilan vazirlikda “Call center” tashkil qiligan boʻlib, 2021-yilning

1-choragi davomida vazirlikning 1008 – “Ishonch telefoni” orqali 3.323 ta murojaatlar kelib tushgan, ularning 396 tasi qanoatlantirilgan va 1089 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan.

Murojaatlarni koʻrib chiqishda xodimlar tomonidan quyidagilarga alohida ahamiyat berilmoqda:

- fuqaro va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlarini tiklash

va qonuniy manfatlarini himoya qilinishiga masʼuliyat bilan yondoshish;

- murojaatlarni koʻrib chiqishda qonun talablariga amal qilmagan, murojaatlarni oʻrganib chiqish muddatlarning buzilishiga yoʻl qoʻygan masul xodimlarga nisbatan choralar koʻrish va muntazam ravishda talabchanlikni oshirib borish;

- vazirlikda va vazirlik tasarrufidagi barcha korxona va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslar bilan ishlash sifatini tanqidiy oʻrganib chiqish va va yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni chuqur muhokama etib, murojaatlarni koʻrib chiqishning samaradorligini yana-da oshirish boʻyicha ustuvor vazifalar belgilash;

- fuqarolar bilan ochiq muloqotni kengaytirish, aholining davlat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlariga boʻlgan ishonchini mustahkamlashga doir chora-tadbirlarni ishlab-chiqish va amalga oshirish.

Bundan tashqari, Adliya vazirligida jismoniy va yuridik shaxslarning qabulini tashkil etish hamda ularning murojaatlarini koʻrib chiqishda ayrim oʻziga xos jihatlar mavjud. Jumladan, Adliya vazirligiga murojaat bilan kelgan fuqaro shu kunning oʻzida oʻz masalasini koʻrib chiqish vakolatiga ega boʻlgan boshqarma xodimlari qabulida boʻlish, rahbariyat qabul kunlari qabulga oldindan yozilmagan boʻlsada kirish huquqiga ega. Vazirlik binosida foto, audio va video tasvirga olish vositalaridan foydalanish huquq mavjud, deb xabar beradi Adliya vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.