Qonunga koʻra, shaxslarning yashashi uchun uy-joy maydonini beruvchi turar joy mulkdori yoki uni tasarruf etish huquqiga ega shaxs ushbu shaxslarni yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha oʻz vaqtida roʻyxatdan oʻtkazishi kerak.
Joylashtirish vositalarida turgan shaxslarni turgan joyi boʻyicha xabardor qilish tartibida roʻyxatdan oʻtkazish masʼul xodimlar tomonidan “E-mehmon” tizimi orqali amalga oshiriladi.
Oʻzbekistonning xorijda doimiy yashovchi fuqarolari Oʻzbekistonga kirgan kundan 10 ish kunidan kechiktirmay yashash joyi yoki turgan joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtishi shart.
Oʻzbekiston fuqarolarini yashash joyi boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazish quyidagilarda amalga oshiriladi:
— ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlinmalarida;
— davlat xizmatlari markazlarida;
— YAIDXP (my.gov.uz) orqali.
Yashash joyi va turgan joy boʻyicha roʻyxatdan oʻtkazishda uy-joy maydonining ijtimoiy normasiga rioya etish talab qilinadi.









