Tekshiruvda, “S.H.” MCHJ rahbari M.S. Yakkasaroy va Uchtepa tumanlarida boshqa MCHJ tomonidan qurilayotgan koʻp qavatli uyni goʻyoki “S.H.” MCHJ qurayotganligiga fuqarolar M. va G.ni ishontirib, ushbu uylardan 1 tadan xonadonni soxta shartnomalar tuzish orqali boʻlib toʻlash sharti bilan sotishga kelishib, ularning jami 217 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.