Tekshiruvda fuqarolar B.Yu., S.A. va boshqalar uy-joy qurish istagidagi fuqarolarning ishonchiga kirib, 2021-yil davomida 5 nafar fuqaroga “Axsikent” massivida joylashgan zaxiradagi yer maydonidan uy-joy qurish uchun 4 sotixdan jami 52 sotix yer maydonini ajratib berish evaziga 26 300 AQSH dollarini qoʻlga kiritganliklari aniqlanib, tekshiruv davomida B.Yu. fuqarolardan olgan pullari hisobidan 1 100 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.