Voqea Guliston shahrida sodir bo'lgan. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guliston shahar bo'limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “D.i.” MCHJ rahbari U.A. va boshqalar fuqarolardan go'yoki investitsiya ko'rinishida pul mablag'ini jalb etib, har oy o'n foiz ustama to'lovlari to'lab berishga ishontirgan. Shu maqsadda 5 nafar fuqaroning 105,8 million so'mi va 17 000 AQSH dollarini qo'lga kiritib, o'zlarining shaxsiy ehtiyojlari uchun sarflab yuborganliklari aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 188-1-moddasi (pul mablag'larini va (yoki) boshqa mol-mulkni jalb etishga doir noqonuniy faoliyat) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.