Shu bilan birga, paxta yig'im-terimida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 128 ta murojaat kelib tushgan. Shundan, call markaz orqali  54 ta, web sayt orqali 15 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali 24 ta hamda 35 ta yozma murojaatlardir.

O'rganishlar natijasida mehnat qonunchiligini buzganligi uchun 65 nafar mansabdorga jami 198 mln 450 ming so'm miqdorda ma'muriy jarima tayinlangan.

Bundan tashqari, 21 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmaganligi, 25 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmaganligi, 14 ta holatda terim pullarining o'z vaqtida to'lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma'muriy javobgarlikka tortilgan.