Tadbirda fuqaro X.K. fuqaro Yu.ni 4500 AQSH dollari evaziga Koreya Respublikasiga ishga joʻnatishga kelishib, oldindan 2000 AQSH dollari va 10,9 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shuningdek, Departamentning Andijon shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro M.N. fuqaro A.ni 2000 AQSH dollari evaziga Latviyaga ishga joʻnatishga ishontirib, oldindan 1000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Tekshiruvda M.N. fuqaro A.A.ni ham Serbiyaga ishga joʻnatish evaziga 800 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-modda (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.