Tekshiruvda “I.C.” MCHJ masʼul shaxslari Hamza koʻchasidagi 2 qavatli uyni oʻzboshimchalik bilan buzib, ushbu uyda istiqomat qiluvchi 11 nafar fuqaroni aldab, ularga ushbu uy oʻrnida quriladigan 7 qavatli uydan xonadon ajratib berishni vaʼda qilib, jami 563,9 mln soʻm naqd pulini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritib, ushbu mablagʻlar hisobidan “Spark”, “Malibu” va “Captiva” rusumli avtotransport vositalarini xarid qilib, jinoiy yoʻl bilan topilgan daromadlarini legallashtirganligi, shuningdek MCHJning tovar aylanmasini kamaytirib koʻrsatish orqali 408,7 mln soʻm soliq va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlab kelganliklari aniqlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.