Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uychi tuman boʻlimi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “I.I.”MCHJ ish yurituvchisi M.T. fuqaro M.J. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularga chet davlatda tahsil olayotgan talabalarni Oʻzbekiston Respublikasidagi Oliy taʼlim muassasalariga koʻchirish faoliyati bilan shugʻullanishini aytib, 2021-yilning iyun-dekabr oylarida 4 nafar ota-onaning farzandlarini oʻqishini koʻchirib berish evaziga 6 700 AQSH dollari va 1,4 mln soʻmini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, shundan 1 200 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Shu kabi, Departamentning Muzrabot tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Termiz muhandislik-texnologiya instituti jismoniy tarbiya oʻqituvchisi Sh.A. fuqaro F.ning Tojikiston Respublikasidagi Oliy oʻquv yurtidagi oʻqishini 900 AQSH dollari evaziga oʻzi ishlayotgan institutga koʻchirib berishni vaʼda qilib, shundan 800 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Jizzax viloyati Gʻallaorol tuman davlat arxivi eski binosi Doʻstlik mahallasi Doʻstlik koʻchasi 8 uy manzilida joylashgan edi. Gʻallaorol tuman davlat arxivi tarixi - 1938-yildan boshlanadi.