Davlatimiz rahbarining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga yoʻllagan Murojaatnomasida 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida 15 yil davomida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatda turib yashab kelayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish toʻgʻrisidagi takliflari fuqarosizlikni qisqartirish boʻyicha amalga oshirilayotgan tub islohotlarning uzviy davomi hisoblanadi.

Bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolik qonunchiligidagi oʻzgartirishlar uni mukammallashtirish va soddalashtirishga, shuningdek, fuqarolikka doir shaxslarning huquq va erkinliklarini huquqiy mexanizmlarini mustahkamlashga qaratilgan.

Shu bilan bir qatorda, milliy fuqarolik qonunchiligini rivojlanishi va doimiy ravishda takomillashib borishi zarurligi, mamlakatda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda roʻy berayotgan islohotlar ekanligini taʼkidlab oʻtish zarur.

Bugungi kunda fuqarolik sohasida olib borilayotgan islohotlarga qaramasdan Respublikamizda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarda fuqarolikni olishda ayrim qiyinchiliklarga duch kelmoqda edilar.

Endi mazkur Qonun bilan qiyinchiliklar bartaraf etilmoqda.

Mazkur hujjat 2021-yil Davlat dasturi ijrosiga muvofiq ishlab chiqilgan. Qonun bilan “Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish nazarda tutilmoqda. Qonunning asosiy qoidalari quyidagilardan iborat:

Xususan, 2005-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi boʻyicha roʻyxatga olingan va muqaddam chet davlat fuqaroligiga ega boʻlmagan shaxslarni, shuningdek, oʻn besh yil davomida Oʻzbekiston Respublikasi hududida fuqaroligi boʻlmagan shaxs maqomida yashab kelayotgan shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olish mexanizmlari yaratiladi.

Taʼkidlab oʻtish joizki, fuqarolikni tan olish instituti mutlaqo yangi institut boʻlib, MDHga aʼzo davlatlarning qonunchiligida nazarda tutilmagan, bir soʻz bilan aytadigan boʻlsak, mamlakatimiz hududida oʻn besh yil davomida istiqomat qilayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga tan olishni, qonuniy asoslarga muvofiq, toʻgʻridan-toʻgʻri fuqarolik olishni huquqiy asoslari yaratiladi va oʻn besh yil doimiy yashab kelayotgan fuqaroligi boʻlmagan shaxs tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini umumiy tartibda qabul qilish uchun iltimosnoma bilan murojaat qilish zaruriyati qolmaydi.

Natijada, yuridik faktni sud tartibida tasdiqlash orqali, fuqarolik masalalari boʻyicha shikoyat qiluvchi shaxslarning eʼtirozlari kamayadi;

fuqarosizlikni qisqartirishni aniq amalga oshirish asnosida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro imidji yana-da mustahkamlanadi.

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi, deb xabar beradi Oʻzbekiston Respublikasida Oliy Majlis Senati matbuot xizmati.