Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan IIV xodimlari bilan hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro M.O. oʻzganing mulkini qoʻlga kiritishga qaratilgan harakatlarini davom ettirib, fuqaro M.ni tanishlari yordamida 1 500 AQSH dollari evaziga ichki ishlar organlariga ishga kiritib qoʻyishga ishontirib, shundan 10 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.