Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sariosiyo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.I. fuqaro Sh.ning ishonchiga kirib, 1 500 AQSH dollari evaziga Tojikiston Respublikasidagi oʻqishini Oʻzbekiston Respublikasidagi Oliy taʼlim muassasasiga koʻchirib berish hamda ishga joylashtirib qoʻyishni vaʼda qilib, shundan 1 300 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.