Fuqaroni xorijga yuborayotgan ayollar aeroportda ushlandi

    U aviachipta pulini ishlab pul topganidan keyin hisob-kitob qilish sharti bilan Turkiyaga yuborayotgan edi.

    Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Xiva shahar boʻlimi tomonidan Xorazm viloyati IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar M.A. va M.S. fuqaro Z.N.ni 500 AQSH dollari evaziga Turkiya davlatiga fohishalik bilan shugʻullanishga yuborishga kelishib, “B.A.” islmi shaxs orqali aviachipta olib berishib, aviachipta pullarini ishlab pul topgandan keyin hisob-kitob qilish sharti bilan uni Urganch xalqaro aeroportidan Turkiya davlatiga yuborayotganlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergovga tegishliligi boʻyicha yuborilgan.