Tekshiruvda chorvachilik yoʻnalishiga ixtisoslashgan “A.” xususiy korxonasi rahbari X.T. fuqaro B.ning ishonchiga kirib, unga korxonaning qishloq xoʻjaligida foydalanadigan 20 sotix yer maydonini tomorqa sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 16 500 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.