Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar D.M. va boshqalar fuqaro H.Q.ning shaʼni va qadr-qimmatiga putur yetkazadigan video va fotosuratlarini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qoʻrqitib, undan 40 mln soʻmni olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.