Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro o‘z uyining hovlisida sudralib yuruvchi hayvon — echkiemarni tutib olganligi haqida  xabar berdi.

Shunga asosan, bioxilmaxillikni asrash, raqamlashtirish va kadastrni yuritish bo‘limi mutaxaassislari aytilgan manzilga borishdi va echkiemar boshqarma binosiga olib kelindi.

Sudralib yuruvchi hayvon bo‘z echkiemari bo‘lib, u asosan cho‘l, yarim cho‘l va balandligi dengiz sathidan 1000 metr baland bo‘lgan tog‘ yon bag‘irlarida ham uchraydi.  Hozirda bo‘z echkiemari juda kam sonni tashkil etadi. 

Jizzax viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi bioxilmaxillik bo‘limi xodimlari tomonidan bo‘z echkiemari Forish tumani adirliklariga olib borib, tabiat qo‘yniga qo‘yib yuborildi, deb xabar bermoqda Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.