Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Olmazor tuman boʻlimi tomonidan IIBB JQB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, “V.E.” MCHJning Yunusobod tumani “Issiqlik tarmogʻi” boʻlimi iqtisodchisi J.O. fuqaro K.ning Yunusobod tumani, “Buyuk turon” MFY hududidagi yashash xonadonining issiqlik manbaidan aslida mavjud boʻlmagan 24 mln soʻm qarzdorligini goʻyoki korxonaning yuqori turuvchi mansabdorlari orqali yoʻqotib berish evaziga oʻz xizmat xonasida 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 25, 192-9-moddasi (tijoratda pora evaziga ogʻdirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.