Tadbirda fuqaro A.O. boshqa bir fuqaro A.ning ishonchiga kirib, unga Sharof Rashidov tumani, Gandumtosh MFY hududida joylashgan yakka tartibda uy-joy qurish uchun moʻljallangan 8 sotix yer maydonining kadastr hujjatlarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishini aytgan. Xizmati evaziga 350 AQSH dollarini firibgarlik yoʻli bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.