Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda Toshkent arxitektura qurilish instituti bilan hamkorlikda suratga olingan “Gʻurbatda Furqat bor ekan taqdirda” hujjatli filmi premyera qilindi.

Kinokartina yetuk maʼrifatparvar adib Zokirjon Xolmuhammad oʻgʻli Furqat hayoti va ijodiga bagʻishlangan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-may kuni Toshkent shahrida tashkil etilgan Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari asosida yaratildi.

Premyeradan avval, talabalar ishtirokida sahna koʻrinishi taqdim etildi. Film ssenariy muallifi Baxtiyor Yoqubov, rejissyor Muzaffar Qoraboyev, operator Ravshan Musayev, rassom Sanjar Aminov, kompozitor Abulqosim Muinzoda, kartina direktori Shuhrat Baltabayev.

Filmda Shafoat Rahmatullayeva, Rasulxon Qodirxonov, Muhammadsoli Yusupov, Gleb Gollender, Mirkamol Qoraboyev, Yulduz Payziyeva, Bobur Aytmagambetov kabi aktyorlar rollar ijro etgan.

Adiblar xiyobonida boʻlib oʻtayotgan barcha premyeralar “Ipak yoʻli durdonasi” Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida oʻtkazilmoqda.

Kinematografiya agentligi Axborot xizmati