Furqat Sidikov USAIDning Oʻzbekistondagi missiyasi rahbari bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 6 Yanvar 2023 1639

    2023-yil 5-yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari Furqat Sidikov AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligining (USAID) mamlakatimizdagi missiyasi direktori Mikayela Mereditni qabul qildi.

    Uchrashuvda Oʻzbekiston va USAID oʻrtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, ustuvor yoʻnalishlarda dastur hamda loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama etildi.

    M.Meredit USAIDning 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi.

    Mamlakatimizda davlat boshqaruvi tizimini modernizatsiya qilish, iqtisodiyotni liberallashtirish va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning ijobiy natijalari qayd etildi.

    Rejalashtirilgan tashriflar va qoʻshma tadbirlar yuzasidan fikr almashildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.