Furqat Sidiqov Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri, taʼlim davlat vaziri bilan uchrashdi

    Xalqaro hamkorlik 12 May 2022 1746

    Dehlida boʻlib turgan Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Furqat Sidiqov kecha Hindiston tashqi ishlar davlat vaziri, taʼlim davlat vaziri Rajkumar Ranjan Singx bilan uchrashdi.

    Suhbat chogʻida Hindiston vakili davlatlararo hamkorlikning bugungi darajasini yuqori baholadi hamda oʻzaro aloqalar jadal rivoj topayotganini alohida taʼkidladi.

    Oʻzbekiston-Hindiston hamkorligining siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi istiqbollari muhokama qilindi.

    Oʻzbekiston va Hindiston rahbarlarining oʻzaro ishonchga asoslangan faol muloqoti natijasida ikki tomonlama munosabatlarda erishilgan yangi dinamika mamnuniyat bilan qayd etildi.

    Mintaqaviy va xalqaro kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

    Uchrashuvda madaniyat va sanʼat sohalarida qoʻshma tadbirlar oʻtkazish muhimligi, bu esa ikki xalq oʻrtasidagi oʻzaro anglashuvni yanada mustahkamlashga xizmat qilishi taʼkidlandi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.