Maʼlumki, joriy yilning oxirdi Qatarda futbol boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi. 2026-yilgi dunyo birinchiligiga esa uch davlat – AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.
Ispaniya va Portugaliya 2030-yilgi jahon chempionatini birgalikda oʻtkazish uchun ariza bermoqchi. Ularning hisob-kitoblariga qaraganda, Ispaniya asosiy mezbon boʻlib, Portugaliyadagi oʻyinlar faqat 3ta stadionda oʻtkazilishi rejalashtirilgan. Hozircha 17ta – Portugaliyadagi “Da Lush”, “Dragau”, “Joze Alvalade” va Ispaniyadagi “Santyago Bernabeu”, “Vanda Metropolitano”, “Kamp Nou”, “Kornelya”, “La Kartuxa”, “San-Mames”, “Mestalya”, “Riazor”, “El Molinon”, “La Romareda”, “Reale Arena”, “La Rosaleda”, “Gran-Kanariya” va “La Kondomina” stadionlari taklif qilinadi. Tashkilotchilar esa ulardan 14 tasini tanlab oladi.
Bu hozircha reja. Chunki 2030-yilgi jahon chempionatini oʻzida oʻtkazishni xohlaydigan daʼvogar davlatlar koʻp.