18-may kuni Oʻzbekiston va Italiya futboli afsonalari oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtdi. Unda vakillarimiz 3:2 hisobida zafar quchdi.

Hamyurtlarimiz safida gollarga Sanjar Tursunov, Neʼmatullo Qutiboyev va Server Jeparov mualliflik qildi. Mehmonlarning har ikkala goli esa Yakvintaga tegishli boʻldi.

Oʻzbekiston — Italiya 3:2

Gol: 0:1 - Yakvinta, 7, 1:1 - Tursunov, 19, 1:2 - Yakvinta, 30, 2:2 - Qutiboyev, 31, 3:2 - Jeparov, 47.

Oʻzbekiston afsonalari terma jamoasi: Pavel Bugalo, Islom Inomov, Anzur Ismoilov, Aziz Haydarov, Server Jeparov, Odil Ahmedov, Asror Aliqulov, Timur Kapadze, Anvar Soliyev, Viktor Karpenko, Ilhom Suyunov

Zaxira: Ignatiy Nesterov, Akmal Shorahmedov, Shavkat Mullajonov, Zayniddin Tojiyev, Anvar Gʻofurov, Ildar Magdeyev, Aleksandr Geynrix, Sanjar Tursunov, Shuhrat Mirxoldirshoyev, Nosir Otaqoʻziyev, Neʼmatulla Qutiboyev, Asqar Jadigerov, Farhod Tojiyev, Kamoliddin Murzoyev

Bosh murabbiy: Birodar Abduraimov

Italiya A seriyasi afsonalari terma jamoasi: Kristian Abbyati, Vinsen Kandela, Aldair, Lyudovik Jyuli, Anjelo Karbone, Jiji Di Byadjo, Alberto Jilardinyo, Dario Shimich, Vinchenso Yakvinta, Serjinyo, Kristian Zakkardo

Zaxira: Sezariya Eduardo, Daniele Massaro, Marek Yankulovski, Kristian Zenoni, Robson Toledo Machado, Luka Antonini

Bosh murabbiy: Mauro Tavola