Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 21-mart kuni Gonkongga qarshi bahs olib boradi

    Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi 21-mart kuni Gonkong milliy terma jamoasiga qarshi rasmiy oʻyinda maydonga tushadi.

    FIFA kunlariga belgilangan mazkur uchrashuv Jahon chempionati hamda Osiyo kubogi 2-qoʻshma saralash bosqichi doirasida boʻlib oʻtmoqda.

    Gangkong poytaxtidagi “Mong Kok” stadionida boʻlib oʻtadigan bahs Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi.

    Jamoa aʼzosi Oston Oʻrunov betobligi sababli shifokorlarning tavsiyasiga koʻra Gong Kongdagi yigʻinda qatnasha olmaydi. Futbolchimiz Toshkentdagi uchrashuvga qadar safga qaytishi kutilmoqda.

    Mazkur bahsda futbolchilarimiz toʻliq oq libosda, darvozabonimiz esa yashil libosda harakat qiladi.

    Uchrashuvni koreyalik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Kim Vo Sung, unga qanotlarda hamyurtlari Jang Jon Pil va Kang Dong Ho yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida esa Kim Da Yong ishlaydi.

    Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 va Osiyo kubogi-2027 saralash bosqichi doirasida Turkmanistonni 3:1 hisobida magʻlub etib, Eron bilan 2:2 hisobida durang oʻynadi. Ayni paytda Oʻzbekiston terma jamoasi toʻrt ochko bilan “Ye” guruhida 2-oʻrinni egallab turibdi.