Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi

    Sport 29 Iyun 2023 2860

    Futbol boʻyicha Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi (U-17) Tailandda oʻtkazilayotgan Osiyo kubogining yarim finali va jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

    Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi qitʼa kubogining chorak final bosqichida Saudiya Arabistoni terma jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etdi.

    Saudiya Arabistoni terma jamoasi darvozasiga gollarni oʻyinning ikkinchi boʻlimida Ollobergan Karimov va Dilshod Abdullayev kiritdi.

    Shu oʻrinda taʼkidlash kerakki, oʻyinning birinchi boʻlimida hakam tomonidan Oʻzbekiston darvozasiga oʻn bir metrli jarima zarbasi belgilandi. Ushbu duelda darvozabonimiz Muhammadyusuf Sobirov ishonchli harakat qilib penaltini qaytardi.

    Tailandda oʻtayotgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo kubogida chorak final gʻalaba qozongan yana 3 ta jamoa yarim finalga chiqishdan tashqari, Indoneziyada oʻtkaziladigan jahon chempionatiga yoʻl oldi. Bular Eron, Janubiy Koreya va Yaponiya.

    Endi Osiyo kubogining yarim final bosqichida Jamoliddin Rahmatullayev bosh murabbiyligidagi Oʻzbekiston oʻsmirlar terma jamoasi 29-iyun kuni Janubiy Koreya terma jamoasiga qarshi -maydonga tushadi.

    Ikkinchi yarim finalda esa Eron va Yaponiya oʻsmirlari oʻzaro bellashadi.