Bugun, 1-mart kuni Oʻzbekistonda 20 yoshgacha futbolchilar oʻrtasida Osiyo chempionati bahslari boshlanadi. Toshkent vaqti bilan 15:00 da “Istiqlol” stadionida start oladigan dastlabki bahsda Avstraliya – Vyetnam qarama-qarshiligiga guvoh boʻlsak, 17:00 da “Lokomotiv” stadionida Indoneziya Iroq bilan kuch sinashadi.
Bugungi kun bahslariga esa soat 19:00 da “Istiqlol” stadionida boʻlib oʻtishi kutilayotgan Qatar va Eron hamda unga parellel ravishda “Bunyodkor” stadionida oʻtadigan Oʻzbekiston – Suriya bahsi yakun yasab beradi.
Qolgan kungi bahslar jadvali quyidagicha:
2-mart, payshanba
15:00, J.Koreya – Ummon, “JAR” stadioni
17:00, Tojikiston – Iordaniya, “Lokomotiv” stadioni
3-mart, juma
15:00, Yaponiya – Xitoy, “JAR” stadioni
17:00, Saudiya Arabistoni – Qirgʻiziston, “Bunyodkor” stadioni.
Eslatib oʻtamiz, joriy turnir 41-marotaba tashkil etilmoqda. Unda muvaffaqiyatga erishgan 4 jamoa mundialga yoʻl oladi.