Futbol boʻyicha Oʻzbekiston ayollar milliy terma jamoasi Turkiyaning Alaniya shahrida boʻlib oʻtadigan “Turkish Womenʼs Cup 2022” xalqaro turnirida ishtirok etadi.
Musobaqada vakilalarimiz “A” guruhidan joy olgan boʻlib, Litva, Venesuela va Ukraina terma jamoalariga qarshi toʻp surishadi.
zamin.uz saytining xabar berishicha, 16-fevral kuni Oʻzbekiston — Litva, 19-fevralda Ukraina — Oʻzbekiston va 22-fevral sanasida Oʻzbekiston — Venesuela uchrashuvlari boʻlib oʻtadi.