Ushbu nufuzli oʻyinlarga tashlangan qurʼa natijasiga koʻra, Oʻzbekiston ayollar terma jamoasi Yaponiya, Vyetnam va Hindiston jamoalari bilan “S” guruhidan joy oldi. Demak, futbolchi qizlarimiz oʻz uyida ushbu bosqich oʻyinlarida zafar quchish uchun ajoyib imkoniyatga ega.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabariga koʻra, mazkur bahslar shu yilning 23-oktyabridan 1-noyabriga qadar boʻlgan vaqt oraligʻida oʻtkaziladi.