Jamoamiz kecha Kosta-Rika bilan oʻrtoqlik oʻyini oʻtkazdi. Uchrashuvning ikkinchi daqiqasida Akbar Usmonov hisobni ochgan boʻlsa, 13 daqiqasida Husniddin Nishonov hisobni 2:0 ga yetkazdi. 21 daqiqada esa mehmonlar hujumchisi Gilbert Garri oʻrtadagi farqni kamaytirdi. Anasxon Rahmatov 33 daqiqada jamoamizni yana ikki gol farq bilan oldinga olib chiqdi.

Lekin futzalchilarimiz bu farqni oʻyin oxirigacha saqlab qololmadi. Mehmonlar oʻyinchilari Shon Salas (35) va Diyego Vargas (39) ning gollari hisobiga oʻyin durang 3:3 natija bilan tugadi.