Sportchilarimiz ayni paytda Ispaniyada chempionatga  tayyorgarlik koʻrishmoqda. Ular kecha mezbonlar bilan oʻrtoqlik uchrashuvi oʻtkazib, 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchradi. 19-avgustda jamoalar yana bir bor nazorat bahsini oʻtkazadi.

Chempionatda qatnashadigan 24 jamoa 6 guruhga boʻlingan. Oʻzbekiston futzal milliy jamoasi  “V” guruhdan joy olgan. Bu guruhda bizdan tashqari Gvatemala, Rossiya va Misr termalari ham bor. Guruhda birinchi va ikkinchi oʻrinni olgan, shuningdek, olti guruhda uchinchi oʻrinni egallab, eng yaxshi koʻrsatkiyaga erishgan  toʻrt jamoa pley-offga yoʻl oladi.