Bu haqdagi xabar Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bugun, 15-may kuni soat 09:11 da kelib tushgan.

Maʼlum qilinishicha, qutqaruvchilar aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, maxsus asbob-anjomlar yordamida qutqaruv ishlarini bajargan.

Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida fuqaro tuproq ostidan olib chiqilib, birinchi yordam koʻrsatilgan va shifoxonaga yuborilgan.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi va u shifokorlar nazoratida.