FVBning tezkor boʻlinmasi boshligʻi pora olgan vaqtida ushlandi

    Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Sirdaryo viloyatida tezkor tadbir oʻtkazildi.

    Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani Favqulodda vaziyatlar boʻlimining tezkor boʻlinmasi boshligʻi oʻzining mansabdor tanishlari orqali, Guliston shahrida yashovchi, 1995-y.t. fuqaroni shahar favqulodda vaziyatlar boʻlimiga ishga kiritib qoʻyish evaziga 7 ming AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.

    Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.