FVV aholiga koʻllar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etdi

    Dolzarb 23 Yanvar 2023 1021

    Oʻzbekistonda havo harorati keskin tushib ketishi ortidan respublikaning bir qator hududlaridagi yirik daryolar, koʻllar, hattoki sharsharalar muzlashi kuzatildi.

    Ushbu hududlarda aholi, ayniqsa, yosh bolalar koʻngil ochish maqsadida konki va chanalarda uchishmoqda. Soʻnggi kunlarda havo harorati anchayin iliqlashgan boʻlsada, koʻllarni qoplagan muzlar erib ketgani yoʻq.

    Respublikamiz hududlaridagi koʻllarning muz qoplamalari qalin boʻlmaganligi sababli yorilish ehtimoli yuqori. Bu esa muz ustida uchayotganlar hayoti uchun xavfli hisoblanadi.

    Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholiga koʻllar ustidagi muzlarda uchmaslikni tavsiya etadi.