Yongʻin, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni soʻrab qolamiz:

1. Gaz va muqobil yoqilgʻi turlaridan foydalanishda xavfsizlik choralariga rioya qiling;

2. Nostandart yoki sertifikatga ega boʻlmagan isitish pechlari va anjomlaridan foydalanmang;

3. Isitish pechlarining dudburonlarini toʻgʻri oʻrnating hamda sozligiga eʼtibor bering;

4. Gaz yoki boshqa muqobil yoqilgʻiga moslashtirilgan isitish pechlarini dam olish xonalariga olib kirmang;

5. Havo almashmaydigan xonalarni isitishda ochiq olovdan foydalanmang;

6. Havoni almashtiruvchi shamollatish shaxtalari yoki tuynuklarni berkitib qoʻymang;

7. Isitish pechlarining dudboʻronlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida oʻrnatilishi boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi maxssus tashkilotlarga murojaat qiling.