Quyidagi tavsiyalarga amal qiling:

— isitish pechlari va ularning dudburonlari sozligiga, turli buyum va toʻsiqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar boʻlmasligiga alohida eʼtibor bering;

— gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yoʻl qoʻymang;

— maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning oʻz vaqtida tozalanishiga eʼtibor qarating.