«Bu mavsumda isitish pechlarini eʼtiborsiz qoldirmaslik kerak. Xonadonlarda, ayniqsa koʻp kvartirali uylarda gaz plitasini yoqib qoʻyib, uyni isitishda foydalanish umuman tavsiya etilmaydi. Gaz plitasi faqat taom tayyorlash uchun moʻljallangan jihoz.

Kuz-qish mavsumida koʻproq isitish bilan bogʻliq favqulodda vaziyatlarning sodir boʻlish ehtimoli yuqori. Biz favqulodda vaziyatlarning monitoringini oʻrganganimizda, halok boʻlganlarning sonini koʻrganimizda, aniqlangan yana-da dahshatli holat — bu bizning jamiyatimizning asosiy boʻgʻini boʻlgan bir butun oilaning barcha aʼzolari halok boʻlishidir».